55162 Kafolat va kafillik operatsiyalari bo‘yicha va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning taqdim etilgan kafolat va kafilliklari uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning kafolat va kafillik operatsiyalarini amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |