55138 Kredit majburiyatlari bo‘yicha xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarda kredit liniyalarini zaxiralagani uchun qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning boshqa banklarda kredit liniyalarini zaxiralagani uchun to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkazishdagi summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |