45205 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Boshqa banklar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatgani uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyavvy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |