40000 DAROMADLAR
40200 O‘zRMBdagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar
40201 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBning — Vostro vakillik hisobvarag‘idagi overdraft uchun olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarilishi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |