30315 Chiqarilgan ustav kapitali — Imtiyozli
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘liq to‘langan, tegishli sertifikatlar berilgan imtiyozli aksiyalar (aksiyador bank uchun)ning nominal qiymati, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ustav kapitali ulushi (noaksiyador bank uchun)ning to‘liq to‘langan summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ustav kapitalining shakllanishi uchun chiqarilgan imtiyozli aksiyalarning, shuningdek to‘liq to‘langan ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ustav kapitalining kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |