22013 Davlat dasturlari bo‘yicha berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy xarid qilish uchun berilgan ipoteka kreditlarini moliyalashtirish uchun O‘zRMBdan olingan, taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kredit summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qoplangan kredit summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |