21008 Boshqa banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat bankining aylanma kassasidan boshqa banklarga yuboriladigan naqd pullar uchun kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tijorat bankining aylanma kassasidan boshqa banklarga yuboriladigan naqd pullar uchun kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklardan bank filiallariga naqd pullar kelib tushganligi haqida yakuniy tasdiqnoma olingandan keyin 10109 — “Yo‘ldagi pullar” hisobvarag‘iga yopiladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.