Hisobvaraqning ta’rifi: konsolidatsiyalashgan davlat budjetiga kiritiladigan va ma’lum maqsadlar uchun hukumatning qarori yoki farmoyishi asosida tashkil etilgan Respublika yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida jamg‘armaning Nizomda nazarda tutilgan, kelib tushadigan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi HKKMdagi Respublika yo‘l jamg‘armasining maxsus 21508 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy institutlarning talab qilib olinguncha depozitlari” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.