19995 Sud jarayonidagi boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning sud jarayonidagi aktivlari hisobi olib boriladi (bankning javobgar shaxsi tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar, mijozlarning hisobvaraqlaridan noqonuniy berilgan pul mablag‘lari natijasidagi overdraftlar va boshqalar).
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni sababli qayta tasniflangan va tegishli asosiy hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki zararlarni qoplash zaxirasi hisobiga 19999 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa aktivlar” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |