15991 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi hamda qimmatli qog‘ozlar sotilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarz qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bahoda xarid qilishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |