92736 Svop shartlarida sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha svop (Svop — bu, shartli summada va kelishilgan indeksni qo‘llash asosida kelajakda to‘lovlarni almashtirish bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svop xizmat qiladi) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96373 — “Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan svop shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svop shartnomalari bo‘yicha moliyaviy instrumentning sotib olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |