90414 Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar hisobi olib boriladi. Bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96313 — “Bank tomonidan o‘rnatilgan terminallar, bankomatlar va infokioskalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan o‘rnatilgan infokioskalarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan infokioskalarning “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |