90337 Bankning sotib olingan qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: qoplash (to‘lash) muddati kelguncha yana qayta sotish maqsadida bank tomonidan sotib olingan xususiy qimmatli qog‘ozlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96314 — “Bankning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan qayta sotib olingan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan qayta sotilgan o‘z qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |