90147 Yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar
Hisobvaraqning tarifi: Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96303 — “Banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar harakati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natilgan, yo‘ldagi to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarga asosan to‘lovga yaroqsiz banknot va tangalarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |