55600 Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
55606 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan zararlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |