40205 O‘zRMBdagi depozitlar bo‘yicha foizli daromaddar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBga qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |