30324 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida o‘z aksiyadorlaridan sotib olgan oddiy aksiyalari (aksiyador bank uchun), shuningdsk qayta sotib olingan ustav kapitalining ulushi (noaksiyadorlik bank uchun) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan bankning oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qayta sotgan yoki bekor qilingan oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |