20405 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan tashqari jamg‘armalarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan tashqari jamg‘armalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jamg‘arma bo‘yicha, har bir jamg‘armaning ichida esa maqsadi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |