20216 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalarining joriy maqsadlar uchun foydalanadigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |