19933 Muddati uzaytirilgan soliqlar bo‘yicha baholangan zaxira (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan soliq talablaridan olinadigan nafni to‘la o‘zlashtirish uchun mavjud soliqqa tortiladigan foyda yetarli bo‘lmagan hollarda, muddati kechiktirilgan soliq talablarini tiklash maqsadida qayta ko‘rib chiqish natijasida yaratiladigan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida yaratilgan zaxira vayoki zaxiraning ko‘paygan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan zaxira vayoki zaxiraning kamaygan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |