17405 Kommunal to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalardan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvarag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: kommunal to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalar hisobvaraqlaridan o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida kommunal to‘lovlar bo‘yicha plastik kartalar hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida plastik kartalar hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |