14403 Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kreditning summasi va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.