12499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, budjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.