11100 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11101 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari — jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z mijozlari (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan inkassoga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotib olingan mijozlarning debitorlik qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan debitorlik qarzlarining qiymati, qayta tasniflangan va 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlarga o‘tkazilgan, shuningdek boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11103
- Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb tasniflangan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan dsbitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11105 — “Sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sotib olingan muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11105
- Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.