1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Kelgusi davr foizli daromadlari



Download 1,01 Mb.
bet191/296
Sana14.04.2022
Hajmi1,01 Mb.
#549600
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   296
Bog'liq
773-17 13.08.2004

22812 Kelgusi davr foizli daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, foizlar/diskontlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan foizlar/diskontlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan foizlar /diskontlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22896 Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan, ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, oldindan undirib olingan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan oldindan undirilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan daromadlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23100 Mijozlarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvarag‘lari
23102 Yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvarag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuridik shaxslarning asosiy hisobvaraqlari va filiallarning hisobvaraqlaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yuridik shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23104 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning asosiy hisobvaraqlaridan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yakka tartibdagi tadbirkor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23106 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z xodimlarining plastik kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvaraqlari yoki filiallarning hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23108 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha budjet tashkilotlari xodimlarining plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda budjet tashkilotlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari xodimlarining plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 20205, 21506, 21508, 23400 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob budjet tashkilotlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23110 Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar
(III-bo‘lim 23110-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning plastik kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
(III-bo‘lim 23110-hisobvarag‘ining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga yuqorida ko‘rsatilgan budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 20205, 21506, 21508, 23400 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlar” jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yuqorida ko‘rsatilgan budjet tashkilotlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish