30321 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Imtayozli (kontr-passiv) Hisobvaraqning ta’rifi: bank qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida o‘z aksiyadorlaridan sotib olgan imtiyozli aksiyalari (aksiyadorlik bank uchun), shuningdek qayta sotib olingan ustav kapitalining ulushi (noaksiyadorlik bank uchun) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan bankning imtiyozli aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qayta sotgan yoki bekor qilingan imtiyozli aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
30324 Aksiyadorlardan qayta sotib olingan o‘z aksiyalari — Oddiy (kontr-passiv) Hisobvaraqning ta’rifi: bank qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida o‘z aksiyadorlaridan sotib olgan oddiy aksiyalari (aksiyador bank uchun), shuningdsk qayta sotib olingan ustav kapitalining ulushi (noaksiyadorlik bank uchun) hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksiyadorlardan qayta sotib olingan bankning oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qayta sotgan yoki bekor qilingan oddiy aksiyalari/ustav kapitali ulushining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aksiyador (ishtirokchi) bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
30600 Qo‘shilgan kapital 30603 Qo‘shilgan kapital — Imtiyozli Hisobvaraqning ta’rifi: birlamchi joylashtirishda aksiyalarning nominal qiymatidan oshadigan narx bo‘yicha imtiyozli xususiy aksiyalar realizatsiyasidan olingan emissiya daromadining hisobi, shuningdek bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida birlamchi joylashtirishda aksiyalarning realizatsiya qiymati bilan ular nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq, bankning imtiyozli xususiy aksiyalarini sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank ustav kapitalini oshirishga va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda boshqa maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi, shuningdek imtiyozli xususiy aksiyalarni sotib olish narxi bilan ularni keyinchalik qayta sotish narxi (ko‘rsatilgan hisobvaraqning kredit qoldig‘i chegarasida) o‘rtasidagi salbiy farq aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir emissiya bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.