45401 “Spot” bitimi bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda 45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlari bo‘yicha xorijiy valyutalardagi foyda Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Spot/Forvard/Opsion/Fyuchers/Svop bitimlari bo‘yicha hamda hisoblangan marjadan bank foydalari hisobi olib boriladi. Foyda o‘rnatilgan muddatda balans hisobotini tuzish sanasiga hisobvaraqlar qoldig‘ini qayta baholagandan keyin aniqlanadi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyutalarda tuzilgan bitimlardan ishlab topilgan va ochiq valyuta pozitsiyalarini revalvatsiya qilish natijasida vujudga kelgan foydalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45600 Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda 45605 Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalaridan foyda Hisobvaraqning ta’rifi: bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalaridan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bilan tijorat operatsiyalari bo‘yicha foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan foydaning hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan foydaning kamaygan summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foyda summasi aks ettiriladi.
45609 Savdoga mo‘ljallangan mavjud qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda 45611 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda (savdoga mo‘ljallangan mavjud qimmatli qog‘ozlardan tashqari) Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarining haqiqiy qiymatining o‘sgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida kredit bo‘yicha noto‘g‘ri aks ettirilgan summalarning hisobdan chiqarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foyda summasi aks ettiriladi.