21624 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21696 Boshqa kreditorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22000 Olingan uzoq muddatli kreditlar 22002 Markaziy bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga MBdan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22004 Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli kreditlar Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan olingan kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 22004-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)