15617 Muddati o‘tgan lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing bo‘yicha muddati o‘tgan qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15601 — “Boshqa banklarga berilgan lizing”, 15603 — “Jismoniy shaxslarga berilgan lizing”, 15605 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing”, 15607 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing”, 15609 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing”, 15611 — “Nodavlat notijorat tashkilotlarga berilgan lizing”, 15613 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing” va 15615 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan lizing bo‘yicha asosiy qarz summasi bo‘yicha vujudga kelgan muddati o‘tgan qarz summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing oluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan va boshqa toifaga o‘tkazilgan va/yoki 15699 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing” hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15619 Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: lizing shartnomasi va unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan lizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15601 — “Boshqa banklarga berilgan lizing”, 15603 — “Jismoniy shaxslarga berilgan lizing”, 15605 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan lizing”, 15607 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan lizing”, 15609 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan lizing”, 15611 — “Nodavlat notijorat tashkilotlarga berilgan lizing”, 15613 — “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan lizing” va 15615 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan lizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan lizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing bo‘yicha to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan va/yoki 15699 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing” hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |