1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]


Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar



Download 110,08 Kb.
bet2/7
Sana01.01.2022
Hajmi110,08 Kb.
#280552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2693-7 13.02.2021

Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. 2-bandda:



uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “yig‘imlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;

o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin;

o‘n birinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.

2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Bank ustav kapitali miqdori 100,0 mlrd so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.”.

3. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“13. Bankning kredit reytingi o‘zgarishi natijasida dividend stavkalarining o‘zgarishiga olib keluvchi imtiyozli aksiyalar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlardagi shartlar bajarilishidan qat’i nazar, I darajali kapital hisob-kitobiga kiritilmaydi.”.

4. 14-bandning “a” kichik bandidan “, bankning oraliq moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o‘tgan bo‘lsa — tasdiqlangan moliyaviy natijalaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, aks holda bank hisobotidagi sof foydaning 50 foizi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

5. 16-bandning ikkinchi xatboshisi “nomoddiy aktivlar” degan so‘zlardan keyin “, bundan bankning dasturiy ta’minotlari mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

6. 17, 20 — 242-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

7. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“18. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasi har bir aktiv balans summasini unga tegishli bo‘lgan mazkur Nizomning 1 — 6-ilovalarida keltirilgan tavakkalchilik darajasiga ko‘paytirish va tavakkalchilik bo‘yicha aniqlangan aktivlar yig‘indisi orqali topiladi.”.

8. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan to‘ldirilsin:

“181. 2021-yil 1-martga qadar ajratilgan kreditlarni tavakkalchilikka tortishda mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan tavakkalchilik darajalari asosida hisob-kitob qilinadi.

2021-yil 1-martdan boshlab ajratilgan kreditlarni tavakkalchilikka tortishda mazkur Nizomning 3-4-ilovalarida keltirilgan tavakkalchilik darajalari asosida hisob-kitob qilinadi.”.

9. 34 — 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“34. Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 13 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:

K1 = RK / TAUS.

35. I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi.

Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital bo‘lishini hisobga olgan holda K2 koeffitsiyenti 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.

Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qo‘shimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash hisoblanadi.

36. I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti K3 = I darajali asosiy kapital/TAUS sifatida aniqlanib, uning eng kichik darajasi 0,08 (8,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.”.

10. 37-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

11. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1 — 6-ilovalariga muvofiq tahrirda 1 — 6-ilovalar bilan to‘ldirilsin.

Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga

1-ILOVA

“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA


Download 110,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish