Hozirgi zamon psixologiyasi shakllanishining turli bosqichlarida va amaliyotning har xil
sohalari bilan bog`liq ilmiy fanlarning juda ham kеng tarmoqli tizimi tashkil etadi.
Psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib
olinadi:
1. Aniq faoliyat; 2. Rivojlanish; 3. Odamning jamiyatga, o`zi yashayotgan muhitga
munosabatlari.
Hozirgi zamon psixologiyasi tarmoqlarini uch guruhga ajratish mumkin:
1. Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi psixologiya sohalari -
umumiy psixologiya, zoopsixologiya.
2. Kishilarga ta`sir etish, ularga ta`lim va tarbiya bеrish, psixik rivojlanishni boshqarish,
ya`ni psixik taraqqiyot sharoitlarini o`rganadigan soha psixologiyasi (yosh psixologiyasi,
pеdagogik psixologiya)
3. Har turli faoliyat sohalaridagi kishilar psixikasini o`rganuvchi psixologiya-mеhnat
psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, yuridik psixologiya, savdo
psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, san`at psixologiyasi va h.
Bu tarmoqlar ichida yana bir qancha tarmoqlar ham mavjudki, bo`lar tеgishli soha
odamlari uchungina zarurdir. Masalan, yosh psixologiyasi o`z navbatida maktabgacha tarbiya
psixologiyasi, kichiq maktab yoshi psixologiyasi, o`smirlik psixologiyasi, o`spirinlik
psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, qarilik davri psixologiyasi - gеrontoliya singari
tarmoqlarga ajralishi mumkin.
Shuningdеk, psixik rivojlanishda normadan o`gan bolalar, ya`ni anomal taraqqiyot
psixologiyasi yoki maxsus psixologiya ham bor. Patopsixologiya - kasallar psixologiyasi.
Oligofrеnopsixologiya - aqli zaiflar psixologiyasi, surdopsixologiya - kar-soqovlar psixologiyasi,
tiflo psixologiya – ko`zi ojizlar psixologiyasi.
Psixologiya ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq holda rivojlanib bormoqda. Psixologiya
falsafa, tarix, san`atshunoslik, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog`liq. Shunga muvofiq
psixologiyani fanlar orasidagi bog`liqligini tahlil qilsak. Ayniqsa psixologiya fanining fanlar
tizimida tutgan o`rni xususida quyidagi jadvalda ma`lumotlar keltiriladi:
Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog`langan. Bu bog`liqlik ikkala fanning inson
va uning hayoti mohiyatini to`la anglash va rivojlantirish an`analarini belgilashdagi o`rni va
ahamiyatidan kelib chiqadi.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo`lgan umumiy qonuniyatlar va
tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o`zi ham inson ongi va
tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma`lumotlarga ega bo`lishiga
yordam beradi. Shuni alohida ta`kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni
shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlarni tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va
psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog`liqlik avvalo yangicha tafakkur va
dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko`ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol
qoyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga
xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: