Pedagogika bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo’lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o’ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o’rganish uchun material beradi. Ayniksa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiklashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o’z o’rnida foydalanadi. Ayniksa, ma’lumotlar asri bo’lgan XX1 asrda informatsion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo’nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Yuqоridаgi fikrlаr vа psiхоlоgiya bеvоsitа аlоqаdоr bo‘lgаn fаnlаrning хаrаktеrigа bоg‘liq tаrzdа bugungi kundа psiхоlоgiyadаn nisbаtаn аlохidа bo‘lib аjrаlib chiqqаn tаrmоqlаr to‘g‘risidа hаm fikr yuritish mumkin. Psixologiya tushunchasining rivojlanish tarixi:
1 bosqich: Psixologiya – ruhni o’rganadigan fan (mill.avv.6 asr-16milodiy). Qalbni mavjudligi tufayli har doim hayotdagi tushunarsiz hodisalarni tushuntirib berishga harakat qilinib kelingan. Boshlang’ich tushunchalar animistic xarakterga ega bo’lgan , ya’ni har bir jism o’z ruhi bilan ajralib turgan deb tushinilgan. Jonlilikda hodisalarning va harakatlarning sabablari ko’rib kelingan. Aristotel barcha organik jarayonlarda psixologiya tushunchasini kiritgan, shuningdek o’simlik, hayvonot va ongli mavjudotlarni belgilab chiqqan.
Psixologik ta’sir:
1)Kutish va qo’rquv chaqirish jarayoni,
2)Emotsional reaksiyalar,
3)Kognitiv jarayonlar.
Fe’l- atvor yoki psixologik jarayon:
Ijtimoiy-madaniy ta’sir:
Borliqning mavjudligi
Madaniy,ijtimoiy,oilaviy hayot
Tengdoshlar va guruhdagi odamlar tomonidan ta’sir
Ishonchli modellar(masalan SMI)
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o‘lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko‘pincha nafas bilan bog‘lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar.
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o‘zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar «animizm» deb ataladi. Animizm so‘zi –anima «jon» degan ma’noni anglatadi. Jon o‘z mohiyatiga ko‘ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan .