Ko’rish qobiliyatining buzilishi tug’ma yoki orttirilgan bo’ladi. Tug’ma ko’r bo’lish homilaning zararlanishi sababli yuzaga keladi. Ko’rish nuqsonlarining yuzaga kelishida nasliylik ham ko’zga tashlanadi. Orttirilgan ko’rlik odatda ko’rish organlari – to’r pardasi, shoh parda yoki markaziy nerv tizimining kasallanishi (meningit, miya shishi, meningoentsifalit), organizmning umumiy kasallanishidan keyingi asoratlari (kor, gripp, skorlatina), shuningdek, miya yoki ko’zning jarohatli shikastlanishi (boshi yaralanishi, shikastlanishi) oqibatida bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |