Qulog’i og’irlik – bu eshitish qobiliyatining qattiq pasayishi (80 detsibaldan kam) bo’lib, eshitish qobiliyati qoldig’i yordamida qulog’i oldida baland ovoz bilan gapirilganda bola nutqni eshita oladi. Bola minimal nutq boyligini mustaqil ravishda egallay oladi. Karlar va qulog’i og’irlik (yomon eshituvchilar) nutqni qabul qilish usuli bo’yicha farq qiladilar. Karlar so’z nutqini ko’rib (suhbatdoshining lablari va yuziga qarab) va eshitib ko’rish (tovushni kuchaytirish apparati yordamida) qabul qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |