8. YOshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni tekshirish va ularga korrektsion yordam ko’rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko’rsatadilar: pedagog, psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar, oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped. PMPK ishlariga defektologik ta’lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega mutaxassis rahbarlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |