1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari



Download 1,02 Mb.
bet45/447
Sana24.01.2022
Hajmi1,02 Mb.
#407806
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   447
Bog'liq
Yangi majmua

«Axloqi Jaloliy»da ham inson kamoloti uchun eng zarur bo’lgan axloqiy fazilatlar yo’llari va usullari bayon etiladi.

«Axloqi Jaloliy» uch qismdan iborat. Birinchi qism — axloq faniga, ikkinchi qism — «Odamning ichki holati» oilaviy hayotiga, uchinchi qism — «SHahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati», deb atalib, unda muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar ko’tariladi. CHunonchi, jamiyatning paydo bo’lishi, davlat va uni boshqarish masalalari, xalqning farovon hayot kechirishida podsholarning o’rni, ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o’rni bayon etiladi.

Biz, asosan Davoniyning insonning haqiqiy kamolotga yetishida aqliy va axloqiy shakllanishi masalalariga to’xtalamiz. Avvalo, Davoniy va boshqa mutafakkirlarga ergashib o’zining axloqiy qarashlarini o’z salaflari kabi talqin etdi. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Miskaveyx, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabi inson kamolotga erishishda adolat, donolik, shijoat singari yuksak fazilatlarga ega bo’lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok qilishni to’g’ri talqin etdi. Davoniy insonning kamolga erishishi uning boshqalar bilan munosabatiga ham bog’liq ekanligini ta’kidlaydi, jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda, boshqalar bilan aloqada shallanib tarbiya topgan inson o’zi yashagan jamiyatda adolat hukmron bo’lsa, unda baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. SHuning uchun u «Axloqi Jaloliy» asarida jamiyatni adolatli — fozil shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida o’nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo’lishi kerak, deydi. Bular: birinchisi — hukmdor odamlarni e’zozlashi; ikkinchisi — davlat ishlarini adolatli ijro etishi; uchinchisi — hirs va shahvatga berilmasligi; to’rtinchisi — hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g’azabga yo’l qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi; beshinchisi — xalqning ehtiyojini qondirish uchun xudoning irodasidan kelib chiqishi; oltinchidan — xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi; yettinchisi — halqqa nisbatan odil bo’lishi; sakkizinchi — har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi; to’qqizinchisi — har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni; o’ninchisi — adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo’l qo’ymaslik kabilardir. SHuningdek, Devoniy hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi kerakligini ta’kidlagan. Ko’rinib turibdiki, adolatli shox timsoli Davoniy istagan axloqiy kamol topgan shaxsdir.




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   447




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish