Evropada o’rta asrlarda bolaning rivojlanishidagi har qanday nuqson qora, yovuz kuchlarning namoyon bo’lishi sifatida e’tirof etilib, psixik kasalliklari bo’lgan kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilganlar. Uyg’onish davridan boshlab XIX asrning o’rtalarigacha YEvropa defektologiya fani va amaliyotida bolaning aqliy rivojlanishidagi nuqsonlar muammosi borasidagi qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin. Ruhiy kasallarga nisbatan insonparvarlik yondashuvi ilk bor frantsuz shifokori, psixiatori Filipp Pinel (1745-1826 yillar) tomonidan ilgari surilgan. U ruhiy kasalliklarni klassifkatsiyalagan (turlarga ajratgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |