O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyuldagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari tO‘g‘risida”gi Qaroriga (PQ- 4390) asosan, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur O‘rganish, ushbu yO‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va O‘z xalqi bilan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish asosida milliy O‘zlikni anglash hissini mustahkamlash va vatandoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “O‘zbekiston tarixi” telekanali tashkil etildi. Telekanal 2019 yil 1 sentabrdan O‘z kO‘rsatuvlarini efirga uzata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |