1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida


O‘zbekiston Respublikasining



Download 1,27 Mb.
bet86/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

O‘zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari.

O‘zbekiston BMT munosabatlari. Davlatlar va millatlar O‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni tinch yO‘l – muzokaralar orqali hal etishda eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning O‘rni kattadir. O‘zR O‘zining xohish-irodasi va taklifiga kO‘ra 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O‘zbekiston BMT Nizomini, xalqaro huquqiy meyorlarni, davlatlararo muomala qoidalarini, shuningdek, BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining tO‘la teng huquqli a‘zosi bO‘ldi.

1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi.

Prezident I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil sentabrda bO‘lgan 48- sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma‘ruzasi O‘zbekistonni jahonga kO‘hna va navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bO‘yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bO‘yicha bir qator takliflarni O‘rtaga qO‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi va BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMTning Taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bO‘yicha oliy qO‘mita komissari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, Bolalar jamg‘armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni O‘z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bO‘ldi. 1993-1997 yillarda BMT vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xolid Malikning faol ishtirokida O‘zbekistonda kO‘plab xalqaro tadbirlar O‘tkazildi. Chunonchi, Toshkentdagi BMTning qochoqlar ishi bO‘yicha oliy qO‘mitasi komissarining vakili tojik qochoqlarni yurtiga qaytarish, ularga BMTning insonparvarlik yordamini yetkazish bO‘yicha katta tadbirlarni amalga oshirdi. 1994 yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bO‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining «Ipak yo‘li» xalqaro yig‘ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeini yanada kO‘tardi.

1995 yil 20 yanvarda Toshkentda BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda seminar-kengash bO‘lib O‘tdi. Unda O‘zbekiston taraqqiyotining strategik muammolari, O‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yO‘llari muhokama etildi. O‘zbekiston O‘zining BMT ishidagi ishtirokini Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va tinchlikni ta‘minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e‘tiborini qaratish imkoniyati deb biladi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengash bO‘lib O‘tdi.

Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta‘minlash, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan takliflarini aytdilar.

O‘zbekiston BMTning 50 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995 yil 22-24 oktabrda bO‘lgan yubiley sessiyasida qatnashib nutq sO‘zladi.

Prezident O‘z nutqida bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta‘minlash yO‘li bilangina jahon xavfsizligini ta‘minlash mumkinligi alohida ta‘kidlandi. Afg‘onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi. Shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, qurol savdosini cheklash tO‘g‘risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik muammoni hal etishga xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish, BMTning tashkilotchilik ishini faollashtirish tO‘g‘risida bir qator takliflar ilgari surildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma‘qulladilar va muammolarni hal qilishga kO‘maklashdilar.

1997 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona» mavzuida xalqaro konferensiya bO‘lib O‘tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi.

Ushbu masala yuzasidan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston davlatlari Tashqi ishlari vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Unda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a‘zolari, barcha davlatlar Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish tashabbusini qO‘llab- quvvatlashga va uni barpo etishga ko‘maklashishga chaqirildi. 2006-yilda ushbu masala bo‘yicha shartnoma imzoladilar. 2009-yilning mart oyidan boshlab mazkur shartnoma kuchga kirdi. Bu mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlashning eng kafolatli yO‘llaridan biri edi.

O‘zbekistonning BMTga yo‘llagan afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish masalasida muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997-yilda BMT homiyligida

6+2― guruhi tashkil etildi. O‘zbekiston guruhning asosiy ishtirokchisi bo‘ldi.

1999 yilning 19-20 iyul kunlarida Toshkentda BMT homiyligida Afg‘oniston bO‘yicha

«6+2» guruhining navbatdagi uchrashuvi bO‘lib O‘tdi.

Unda guruhga a‘zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari O‘rinbosarlari darajasidagi delegatsiyalari, BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bO‘yicha maxsus elchisi Laxdar Braximiy ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg‘onistondagi mojaroni hal etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.

2000-yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta‘sis etildi.

2000 yilning 8 sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida qatnashdi. 150 dan ko‘proq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan ushbu sessiyada I.A.Karimov nutq so‘zladi. Tashrif davomida Islom Karimov Nyu-Yorkda bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

2002 yilning 18-20 oktabr kunlari BMTning bosh kotibi Kofi Annanning yurtimizda bo‘lishi O‘zbekistonning bu tashkilotga a‘zo bo‘lgandan keyingi va Prezident I.Karimovning BMT minbaridan sO‘zlagan nutqidan keyingi eng e‘tiborli voqealardan biri bo‘ldi.

2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashriflari mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e‘tibori ortib borayotganining dalilidir.

O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 2010-yil 22-sentabrda BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisida so‘zlagan nutqida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha ilgari tanlangan yo‘l kutilgan natijani bermaganligini ta‘kidladi. O‘zbekiston tomonidan 2008-yilda taklif etilgan BMT shofeligida 6+3 muloqot guruhini tuzishini taklif etdi. Bu tashabbusning mohiyati shundaki, afg‘onistonliklar o‘z mamlakati muammolarini o‘z manfaatlari, an‘analari, urf-odatlaridan kelib chiqqan holda Afg‘onistonga chegaradosh 6 mamlakat + AQSH, Rossiya va NATO ko‘magida o‘zlari hal etishlari zarurligi ta‘kidlandi.



O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida O‘z an‘analariga doimo sodiq bO‘lib, bu yO‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari bormoqda.

Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari O‘rtasida O‘zaro hurmat, dO‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e‘tibor qaratilgan.

Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni kO‘z qorachig‘idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk bor 2017 yil 12 sentabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida chiqish qildi. Prezidentimiz nutqi xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olini.

Xususan, SH.Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari O‘tkazishni yO‘lga qO‘yish, BMTning «Ma‘rifat va diniy bag‘rikenglrik» maxsus rezolyusiyasini qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari bO‘yicha konvensiyasini ishlab chiqish, OrolbO‘yi muammosiga e‘tiborni oshirish va Afg‘oniston muammosini hal etish kabi masalalarga oid 5 ta takliflarni ilgari surdi. 2020 yilga kelib bu takliflardan 4 tasi amalga oshdi.

Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam O‘tkazilmoqda. 2018 yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi «Ma‘rifat va diniy bag‘rikenglik» maxsus rezolyusiyasini tasdiqladi, shu yili OrolbO‘yi mintaqasida insonlar xavfsizligi bO‘yicha kO‘p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyat boshladi. Ayni paytda BMTning Yoshlar huquqlari bO‘yicha konvensiyasi loyihasi bO‘yicha ishlar davom etmoqda, shu maqsadda inson huquqlari bO‘yicha 2020 yil avgust oyida ―Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari mavzuida Samarqand forumi O‘tkazildi. 2018 yil martida Toshkentda Afg‘oniston bO‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya tashkil etilib, uning yakunida deklaratsiya qabul qilindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etdi. Jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli sessiya BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari BMTda oliy minbaridagi 2-marotaba chiqishida mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marta davlat tili – O‘zbek tilida nutq sO‘zladi.

Mamlakatimiz rahbari SH.Mirziyoyev O‘z nutqida mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta‘minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim O‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ularning eng muhimlari quyidagi takliflardan iborat bO‘ldi:

-BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish