1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Download 1,27 Mb.
bet56/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilina boshlandi va yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bO‘ldi.

2017 yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yO‘lga qO‘yildi. Shular hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish O‘rinlari tashkil etildi

Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma‘qul ish uslubi tanqidiy qayta kO‘rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.

Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qO‘shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratildi.

Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy O‘sish sur‘atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga kO‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bO‘lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida 2018 yili qO‘shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar tO‘liq faoliyatini boshladi. ―O‘zagrotex-sanoatxolding aksiyadorlik jamiyatida 2018 yilda 5 mingdan kO‘proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yO‘lga qO‘yildi.

Prezident Murojaatnomasi (28.12.2018)da aytilishicha, davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta‘sir kO‘rsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qO‘mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xO‘jalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.

Bunday yondashuv sO‘nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib

kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yO‘q bO‘lib ketdi.

Bu borada birinchi qadam sifatida 2018 yil ―O‘zbekenergo va ―O‘zbekiston havo yO‘llari

tizimi tubdan isloh qilindi.

Iqtisodiyotdagi tizimli O‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning

ulushi 2018 yilda 35 foizni tashkil etgan bO‘lsa 2019 yilda bu kO‘rsatkich 37 foizga oshirildi.

Islohotlarimiz natijasida 2019 yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar

kO‘p yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.



O‘zbekiston Jahon bankining 2019 yilgi ―Biznes yuritish reytingida 7 pog‘ona kO‘tarilib, biznesni rO‘yxatga olish kO‘rsatkichi bO‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-O‘rinni egalladi va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldi.

Prezident Murojaatnomasida (2020 yil 24 yanvar) 2020 yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar O‘zlashtirilishi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirilishi, jumladan, SHO‘rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg‘i, ―Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida azot kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilishi, Yangi Toshkent metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg‘ali tarmog‘i, yer usti halqa yO‘lining birinchi bosqichi ishga tushirilishi ma‘lum qilingan edi. 2020 yil bahoridan butun dunyo va malakatimizda joriy qilingan karantin chora-tadbirlariga qaramasdan bu tadbirlarning aksariyati amalga oshirildi.

2020 yil 4 dekabrda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushilirdi. Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan. Ushbu majmua O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bO‘ladi. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelingan. Zavodda import O‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotda mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Majmuada 700ga yaqin kishi ish bilan ta‘minlandi. Turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish O‘rni yaratildi.



    1. Download 1,27 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish