1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Download 1,27 Mb.
bet44/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining yaratilishi.

Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bo‘lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko‘rsatuvchi mezondir.



Xalqaro huquq normalarining tan olinishi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan e‘tiboran, inson huquqlari va erkinligini aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lidan bordi. 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti da O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e‘tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi.

O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga doir BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ―Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr), ―Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt (1966-yil 19-dekabr), ―Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt (1966-yil 19-dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda. O‘zbekiston BMT kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo‘shildi.

O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi bilan inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O‘zbekistonda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha‘ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo‘yildi.

Konstitutsiyada qonunlashtirib qo‘yilganidek, O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil

huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat‘i nazar,

qonun oldida tengdirlar.

O‘zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

Konstitutsiyaning 7-bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari

quyidagicha ta‘riflab berilgan:



  • yashash huquqi;

  • erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;

  • aybsizlik prezumpsiyasi;

  • shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi;

  • bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi;

  • fikrlash, so‘z va e‘tiqod erkinligi;

  • fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi;

  • vijdon erkinligi.

Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo‘ladi hamda o‘zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilan qo‘riqlanadigan muqaddas qadriyatdir.

Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,

―Fuqarolik kodeksi (1995-yil 21-dekabr), ―Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida (1994-yil 6- may), ―Fuqarolar muhofazasi to‘g‘risida (2000-yil 26-may), ―Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida (1998-yil 1-may kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish