Siyosiy huquqlar, ularning kafolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari mustahkamlangan. Ular quyidagilardan iborat:
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;
o‘z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig‘ilishlar shaklida amalga oshirish;
kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish;
vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, ―Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida,
―Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida, ―Siyosiy partiyalar to‘g‘risida va boshqa Qonunlar bilan himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |