Axborotlashgan jamiyat - jamiyatning ko’pchilik a'zolari axborot, ayniqsa,
uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va
foydalanish, ularni joriy etishni huquqiy-me'yoriy asoslash hamda davlatimizning
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borayotgan siyosati shu
vaqtga qadar qabul qilingan qonun, qaror va farmonlarda o’z aksini topgan.
Jumladan, “Aloqa to’g’risida” (1992 y.), “Telekommunikasiyalar to’g’risida”
(1999 y.) “Axborotlashtirish to‘g‘risida” (2003y.), “Elektron hujjat aylanish
4
to’g’risida” (2004 y.), “Elektron hukumat to‘g‘risida” (2015 y.) Qonunlari,
O‘zbekiston
respublikasi
Prezidentining
“Kompyuterlashtirishni
yanada
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”
2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmoni, “Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
yanada
rivojlantirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117 son Qarori, “Zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-sonli Qarori va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.03.2018 yildagi 185-son “Aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga
doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 10.08.2018 yildagi 645-son “Qishloq xo‘jaligi
korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorilari jamiyatimizda axborot-
kommunikatsiya sohalariga katta e’tibor berilayotganligidan dalolatdir. AKTni
rivojlantirmasdan
turib
istalgan
mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan
rivojlantirishga erishib bo‘lmaydi. AKTning rivojlanish sur'atlari, birinchi
navbatda taalluqli infratuzilmani barpo etish va undan foydalanish uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishga bog‘liq. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar bilan AKTning
ish samaradorligini oshirishdagi juda katta imkoniyatlarini tushuntirish bo‘yicha
ko‘p ish olib borish zarur. Davlat organlarini zamonaviy axborot texnologiyalari va
vositalari bilan ta'minlash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Elektron hujjat
aylanishi tizimlarini yanada faolroq joriy etish lozim. Davlat xodimlarining
axborot texnologiyalar bo‘yicha bilim saviyasi va kasb ko‘nikmalarini oshirish
bo‘yicha muntazam ravishda ish olib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: