Biznesning mohiyati, belgilari va unsurlari
«Biznes» atamasi ilk bor XVIII-asrning oxiri, XIX-asrning boshlarida paydo bolgan. «Biznes» sozi inglizcha «business» sozidan olingan bolib, «ish», «mashgulot» degan manoni bildiradi. Biznes - bu insonning daromad olib, hayot kechiradigan, tirikchilik vosidasidir. Biznesning ilk korinishlari kishilarning ongli hayoti boshlangan davrlardayoq namoyon bolgan. Misol uchun, qadimda odamlar ozining va jamoasining foydasi uchun baliqni teriga almashtirib biznes qilishar edi. Yoki boshqa bir tovarni oz ehtiyojiga qarab qolhdagi biror mahsulotga almashtirib olishardi. Shu tariqa biznes, bank, ombor, birja va boshqa tijorat bilan bogliq tarmoqlar paydo boldi. Demak, biznes biron kishining istemolchi uchun foydali bolgan tovarni ishlab chiqarishga yonaltirgan bilimi va tijoriy faoliyatlar tizimidir.
Biznes - biror faoliyat, ish yuzasidan bo`lgan munosabat, aniqrog’i ishbilarmonlarning iqtisodiy munosabatidir.
Biznes bilan shugullanuvchilarni ishbilarmonlar yoki biznesmenlar deb yuritadilar ( inglizcha business- ish, man- odam ).
Biznes - jamiyatdagi muommolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati. Muammo bor - ushbu muammoni qandaydir foyda evaziga(albatta qonun doirasida) hal qila oladigan tadbirkor bor.
Biznes - bu doimiy ravishda o'z ustida ishlash, rivojlanish.
Biznes - bu o'ylash, tafakkur qilish. Shu orqali yon-atrofdagi imkoniyatlarni ko'ra olish.
Biznes - bu doimiy harakat, oldinga yurish.
Biznes - jamiyat, davlat so'roviga javob berish. Muammo bor - uni hal qilish kerak. Talab bor - uni qondirish kerak.
Biznes - bu doimiy ravishda tajribalar qilish, uni natijasi foyda bo'lishi mumkin, uni natijasi ziyon bo'lishi mumkin.
Biznes - bu biron bir yangilik qilish jarayoniga o'zini baxshiyda qilish.
Biznes - imkoniyatlardan foylanishdan qo'rqmaslik va buni evaziga mukofot olish.
Biznes - bu insonning yashash tarzi.
Biznes - bu insondagi ba'zi sifatlar to'plami: aql, kreativlik, maqsadga intiluvchanlik.
Biznes - bu FOYDA = DAROMADLAR - XARAJATLAR. Shu birgina formula orqali biznes va biznes yuritishni tushuntirish mumkin. Qolganlari esa, ikkinchi darajalati narsalar yoki biznesning detallaridir.
Biznes munosabat sifatida bir qator belgilarga ega:
Biznesmenlar o`z manfaatiga ega, foyda olishga intiladilar.
Xatarli ishga qo`l urishga tayyor.
Tashabbuskor.
Ishning siru- asrorlarini biladilar.
O`zaro iqtisodiy aloqalar madaniyatini egallagan bo`ladilar.
Ularning o`zaro aloqalari hamma uchun naf keltiradi.
Biznes - bu ruxsat etilgan, jamiyat a’zolariga naf keltiradigan faoliyat bilan shugullanib, pul, daromad topishni bildiradi.
Biznes- keng ma’nodagi qonuniy yo`l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir.
Man etilgan yo`llar bilan daromad topishni biznes munosbatlari inkor etadi.
Biznes ishbilarmonlik munosabati sifatida o`z sub’ektlariga ega:
yakka tartibda biznes bilan shug`ullanuvchi kishilar;
tadbirkorlar jamoasi va uyushmasi
yakka iste’molchilar
iste’molchilar birlashmalari
davlatning iqtisodiy idoralari
Biznesning eng asosiy unsuri – bu tadbirkorlikdir.
Tadbirkorlik biznesi - bu mahsulot ishlab chikarish yoki xizmatlar ko`rsatish orqali daromad topishni ko`zlovchi faoliyatdir. Shunga ko`ra, u ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, tijorat ishi va tijoratda vositachilik qilishni o`z ichiga oladi.
Biznesga bozor orqali talab- ehtiyojni qondiruvchi faoliyat ham kiradi.
Iste’molchilarning (xaridorlarning) biznesda ishtirok etishdan manfaati- tovar va xizmatlarni sotib olishlaridir.
Tadbirkorlik - biznesning bir qismi, u tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatish yo`li bilan daromad topishdir. Biznesga tadbirkorlikdan tashqari boshqa yul bilan , masalan, pul yoki kimmatbaxo buyumlarni bankka kuyib, daromad topish yoki yerni ijraga berib, pul topish kabilar xam kiradi, lekin bu faoliyat soxalarida yaratuvchanlik yuk, ya’ni xech bir narsani yaratmay, u boylikdan boylik undirishdan iborat, xolos.
Biznes munosabatlarininng 2 asosiy talabi bor:
A) biznes ishtirokchilari suverenitetga, mustakillik, erkinlikka ega bulishlari kerak. Ammo ularning uzaro alokalari chegaralangan, belgilangan chora- tadbirlar doirasida buladi va buni davlat nazorat kiladi.
V) Biznes alokalaridagi sub’ektlar manfaatlarining murosali munosabtda bulishi talab kilinadi.
Biznesning maqsadi, odatda, foydani oshirib borish yoki barkaror xolga keltirishdir. Tadbirkorlikning hamma o`y-fikrlari, harakatlari va sarf xarajatlari aynan foyda olishga karatilgan buladi. Zarar ko‘rishga, yukotish va umuman iktisodiy yutkizikka karatilgan biznes bulmaydi, odatda. Lekin boshqa xar kanday ishda bulganidek, biznesda ‘am muvaffakiyat o‘z-o‘zidan kelavermaydi. Biznesda muvaffakiyatga erishish uning goyasi, maqsadi va vazifalariga, resurslar (investitsiyalar) bilan nechoglik, ta’minlangani shuningdek boshlangan ish natijalarini ruebga chikarish usullariga kup jixatdan bog‘liq.
Biznes sohasi ikki kishi, ikki firma yoki kampaniya urtasida olib boriladigan xar kanday xujalik ishi, oldi-berdi muomilalari, ya’ani operatsiyalardir. Ikki yoki bundan ortikrok mamlakat urtasida buladigan ana shunday operatsiyalar xalkaro biznes soxasi bulib xisoblanadi. Biznesning soxa va chegaralari tinmay kengayib boradigan bulsa, uning axvoli yaxshilanib boraveradi. Talaygina xorijiy firmalar o‘zlarining imkoniyatlari va ishni to‘g‘ri yo‘lga kuya bilganlari uchun ‘am dunega mashxur bulib ketganlar.
Biznes turlari, ayniksa ijtimoiy-iktisodiy axvoli turlicha bulgan mamlakatlarda, ancha xilmaxil. Xalkaro biznes bilan birgalikda katta, urta va kichik biznes biznesning eng kup rusum bul-gan turlaridir. Bular tashkiliy jixatdan, odatda, tegishlicha katta, urtacha va kichik korxonalarda o‘z ifodasini topadi
Do'stlaringiz bilan baham: |