1. Moddiy nuqta koordinatasi (-2; -1) bo’lgan nuqtadan koordinatasi (2; 2) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Nuqtaning ko’chish uzunligini toping



Download 1,2 Mb.
Sana17.06.2021
Hajmi1,2 Mb.
#68642
Bog'liq
1.KINEMATIKA-A-02


___________________________________

___________________________________

___________________________________

KINEMATIKA

A-02

1. Moddiy nuqta koordinatasi (-2; -1) bo’lgan nuqtadan koordinatasi (2; 2) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Nuqtaning ko’chish uzunligini toping?

A) 5 B) 4 C) 3 D) 2

2. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi va ko’rinishga ega. Ular qancha vaqtdan (s) keyin uchrashadi?

A) 12 B) 6 C) 4 D) 2,25

3. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamalari va ko’rinishga ega. Ular koordinata o’qining qayerida (m) uchrashadi?

A) 10 B) 14 C) 4 D) 12

4. Kuzatuvchidan 1332 m masofada temir relsning ustiga bolg’a bilan urildi. Zarba tovoshi havoda relsdagiga nisbatan 3 s kechikib keldi. Agar tovushning havodagi tezligi 333 m/s bo’lsa, temirdagi tezligini (m/s) toping.

A) 666 B) 1332 C) 5130 D) 2664

5. Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 36 km/h tezlik bilan, yo’lning qolgan qismini esa 72 km/h tezlik bilan bosib o’tdi. Avtomobilning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini (m/s) toping.

A) 54 B) 15 C) 13,3 D) 10,3

6. Daryo oqimining tezligi 1 m/s. Suvga nisbatan tezligi 3 m/s bo’’lgan shamol oqimga qarshi yo’nalishda esmoqda. Kater oqim bo’ylab unga nsbatan 2 m/s tezlik bilan suzmoqda. Shamolning katerga nisbatan tezligini (m/s) toping.

A) 4 B) 5 C) 3 D) 6

7 . Rasmda beshta jismning tezlik grafiklari tasvirlangan, bu jismlarning qaysi birlari notekis harakat qiladi?

A) 1, 3 B) 1, 2, 3

C) barchasi D) 2, 4

8 . Notekis harakat qilayotgan jism tezligining vaqtga bog’lanish grafigidan foydalanib, uning dastlabki 10 s ichidagi o’rtacha tezligini (m/s) toping.

A) 10 B) 12,5 C) 14 D) 15

9. 4 m/s o’zgarmas tezlik bilan harakatlanayotgan mashina 2 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshlab, o’z harakatining 3-sekundida qancha masofa (m) bosib o’tadi?

A) 5 B) 9 C) 21 D) 15

10. Tinch turgan avtomobil 6 s davomida tekis tezlanuvchan harakatlanadi. U dastlabki 1 s da 3 m masofaga ko’chsa, oxirgi 4 s da qancha masofaga (m) ko’chadi?

A) 48 B) 96 C) 84 D) 72

11. Yuqoriga 70 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan jism o’z harakatining 9-s da qancha masofa bosib (m) o’tadi?

A) 85 B) 155 C) 15 D) 225

12. Matiz yo’lning birinchi qismini o’zgarmas 25 m/s tezlik bilan harakatlandi. U yo’lning ikkinchi qismda esa sekinlanuvchan harakatlanib to’xtadi. Matiz jami 600 m uzunlikdagi bu yo’ldagi o’rtacha tezligi 24 m/s ga teng bo’lsa, tormozlanish vaqtini (s) toping.

A) 1 B) 2 C) 0,5 D) 4

13. O’zgarmas tezlik bilan kelayotgan mashina 2 m/s2 tezlanish bilan sekinlanuvchan harakatlanib, 144 m masofani yurib to’xtadi. Mashinaning tormozlanish vaqtini toping.

A) 12 B) 6,25 C) 4 D) 9

14. Tinch turgan mashinaning oldidan 72 km/h o’zgarmas tezlik bilan avtobus o’tib ketdi. Mashina qanday tezlanish bilan (m/s2) harakat qilsa, avtobusni 8 sekundda quvib yetadi?

A ) 20 B) 8 C) 2 D) 5

15. Berilgan grafikdan foydalanib, boshlang’ich tezligi 2 m/s bo’lgan jismning 6 sekunddan keyingi tezligini (m/s) toping.

A) 2 B) 5 C) 7 D) 3

1 6. Berilgan tezlik grafigidan foydalanib, avtomobilning 5 s ichida bosib o’tgan yo’lini (m) toping.

A) 30 B) 42

C) 64 D) 24

17. Tiko avtomobili 10 m/s tezlik bilan harakat qilmoqda. Orqaroqda boshlang’ich tezliksiz harakat boshlagan Nexia avtomobilining tezlanishi 2 m/s2 bo’lib, u Tikoga 20 sekundda yetib olgan bo’lsa, harakat boshida ular orasidagi masofa necha m bo’lgan?

A) 100 B) 400 C) 300 D) 200

18. Velosipedchi to’g’ri chiziqli shosseda ketmoqda. Harakat boshlanganidan biroz keyin velosipedchi sekundomerni ishlatdi. Sekundomer ishlaganidan 50 s keyin u koordinata boshiga yetib keldi. Uana bir daqiqadan keyin koordinata boshidan 300 m masofaga yetib bordi. Velosipedchi sekundomerni ishlatishidan necha sekund avval koordinata boshidan 300 m masofada bo’lgan?

A) 10 B) 20 C) 30 D) 40

19. Tekis tezlanuvchan harakatlana boshlagan jism o’z harakatining 8-s da 60 m ga ko’chdi. U 3-6 s vaqt oralig’ida qancha masofa (m) bosib o’tadi?

A) 14 B) 72 C) 38 D) 108

20. Boshlang’ich tezligi noma’lum bo’lgan jism 4 m/s2 telanish bilan sekinlnib, 10 s vaqt harakatlandi. Uning tezligi qanchaga (m/s) kamaygan?

A) 40 B) 2,5 C) 0,4 D) ma’lumotlar yetarli emas

21. Miltiqdan yuqoriga otilgan o’q va uning tovushi 680 m balandlikka bir xil vaqtda yetib keladi. O’qning boshlang’ich tezligini (m/s) toping. Tovushning havodagi tezligi 340 m/s.

A) 680 B) 420 C) 350 D) 340

22. Moddiy nuqta 1 m radiusli aylana bo’ylab 10 Hz chastota bilan aylanmoqda. Uning chiziqli tezligini (m/s) aniqlang.

A) 10 B) 12 C) 31,4 D) 62,8

23. 1 m radiusli aylana bo’ylab tekis harakatlanayotgan jism 2 s da 4 m uzunlikdagi yoyni bosib o’tadi. Uning burchak tezligini (rad/s) toping.

A) 2 B) 1 C) 0,5 D) 8

24. 40 sm radiusli disk 5 Hz chastota bilan aylanmoqda. Diskning eng chekka nuqtalarining chiziqli tezligini (m/s) toping.

A) 10 B) 12,5 C)7,1 D) 6,28

25. Aylanayotgan g’ildirakning eng chekka nuqtalarining chiziqli tezligi 20 m/s, markazga 2 sm yaqinroq bo’lgan nuqtalarning chiziqli tezligi esa 16 m/s. G’ildirakning radiusini (m) aniqlang.

A) 30 B) 10 C) 0,1 D) 0,4

26. Aylana bo’ylab harakatlanayotgan nuqtaning chiziqli tezligi 2 marta ortib, burchak tezligi 4 marta kamaydi. Nuqtaning aylanish radiusi qanday o’zgargan?

A) 2 marta kamaygan B) 8 marta ortgan

C) o’zgarmagan D) 4 marta ortgan

27. Aylanma harakatlanayotgan jismning markazga intilma tezlanishi 3 marta ortdi, aylanish radiusi 3 marta kamaydi. Jismning burchak tezligi qanday o’zgargan?

A) 9 marta ortgan B) 3 marta ortgan

C) o’zgarmagan D) 3 marta kamaygan

28. Aylanma harakat qilayotgan jismning aylanish radiusi 2 marta orttirilib, uning davri o’zgartirilmasa, jismning burchak tezligi qanday o’zgaradi?

A) 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi

C) o’zgarmaydi D) 4 marta ortadi

29. Tosh qoyadan 30 m/s boshlang’ich tezlik bilan gorizontal otildi. Toshning umumiy tezligi 50 m/s bo’lgan vaqtda u vertikal yo’nalishda qancha masofaga (m) ko’chgan bo’ladi?

A) 80 B) 120 C) 160 D) 240

30. Gorizontga burchak ostida otilgan jism 8 s da yerga qaytib tushdi. U qanday balandlikka ko’tarilgan?

A) 45 B) 80 C) 125 D) 320

31. Gorizontga nisbatan 60o burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otilgan jism trayektoriyasining eng yuqori qismidagi egrilik radiusini (m) toping.

A) 15 B) 40 C) 10 D) 20

32. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning otilish burchagini o’zgartirmasdan, uchish uzoqligini 4 marta orttirish uchun boshlang’ich tezligini necha marta orttirish kerak?

A) 16 B) 4 C) 8 D) 2

33. Anvar avval shimoliy g’arb tomonga 28 m, keyin sharq tomonga 15 m va janub tomonga 32 m yurgan bo’lsa, uning ko’chishini (m) toping.

A) 75 B) 45 C) 11 D) 13

34. Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism oxirgi 3 s da 165 m masofani bosib o’tgan bo’lsa, u qanday balandlikdan (m) tushmoqda?

A) 180 B) 245 C) 320 D) 215

35. 4 s vaqt intervali bilan yuqoriga otilgan jismlar yerdan 300 m balandlikda uchrashgan bo’lsa, ular qanday boshlang’ich tezlik (m/s) bilan otilgan?

A) 80 B) 70 C) 90 D) 75

36. Parrak uchining burchak tezligi vaqtga quyidagicha bog’langan: bo’lsa, parrak 5 s da nesha marta aylanadi?

A) 25 B) 12,5 C) 20 D) 30



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish