1. Modda tuzilishi fanining maqsadi. Modda tuzilishi fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Download 363,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana27.01.2022
Hajmi363,46 Kb.
#414170
1   2
Bog'liq
maruza1 f86ffffea61b30bfd0990dfd752efef2

Identiv o‘quv maqsadlari: 
1. Elementlar, birikmalar va aralashmalarni bir-biridan ajrata oladi.
2. Modda tuzilishi fanining predmetini tushunadi. 
3. Moddaning tarkibi, tuzilishi va xossasining bir-biriga bog‘liqligi sabablarini tushunib, 
asoslab bera oladi.
4. Modda tuzilishini tekshirish usullarini izohlab bera oladi. Kimyo-moddalar, ularning 
tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularda bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi fandir. 
Modda materiyaning ikki xil yashash, mavjud bo‘lish shaklidan bittasidir. 
Butun olam, butun tabiat inson ongidan tashqarida va inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan 
holda ob'ektiv ravishda mavjuddir. Olam materiyadan iborat, bor narsalarning hammasi doimo 
harakat qilib turadi. Harakat doimo o‘zgarib turadigan jarayon bo‘lib, materiyaga ham uning har 
bir mayda zarrachasiga ham xosdir. 
Materiya harakatining xillari juda ko‘p. Tebranma harakat, ilgarilanma harakat, 
jismlarning qizishi va sovushi, nur sochish, elektr toki, kimyoviy o‘zgarishlar, hayotiy jarayonlar 
barchasi materiya harakatining turli shakllaridir. Materiya harakatining bir shakli boshqa 
shakliga aylana oladi. Masalan, mexanik harakat issiklik harakatiga, issiqlik harakati kimyoviy 
harakatga, kimyoviy harakat elektrik harakatga oson aylanadi va hokazo. Materiya tushunchasi 
bilan harakat tushunchasi o‘zaro bog‘likdir. Demak materiya yashash shaklining birinchisi 
modda ekan. Modda tinchlik massasiga ega va u mikrozarrachalardan iborat sistemadir. Ko‘p 
sonli mikrozarrachalardan moddalar, moddalardan esa makrosistemalar paydo bo‘ladi. 
Makrosistemalarning hosil bo‘lishi ham ma'lum bir qonuniyatlarga bo‘ysunadi. 


A

1-rasm. Vodorod molekulasining hosil bo‘lishi. 
Bir xil atomlar o‘zaro birikib, oddiy modda molekulasini hosil qilish jarayonini ko‘rib 
chiqaylik, masalan yuqoridagi 2-rasmda tasvirlanayotgan vodorod molekulasining hosil 
bo‘lishidagi A va B holatlarda: 
A) ikkita vodorod atomining elektronlari antiparallel spinli bo‘lsa, ular o‘zaro bog‘ hosil 
qiladi (juftlashadi), chunki bunday holda sistemaning potensial energiyasi alohida atomlar 
energiyalari yig‘indisidan kam bo‘ladi. Potensial energiyaning kamayishi, ikkita yadro orasida 
elektron zichlik ortib, yadrolarning shu bulutga tortishishi tufayli vujudga keladi. 
B)elektronlarning spinlari parallel bo‘lgan holda ikkita vodorod atomi yaqinlashganda 
yadrolararo masofa kamayishi bilan sistema energiyasi ortadi. Natijada atomlarning elektronlari 
bir-biridan qochadi va ularning elektron bulutlari bir-birini qoplamaydi. Shu sababli vodorod 
molekulasi hosil bo‘lmaydi. Uning grafik tasviri quyidagi 2-rasmda keltirilgan: 
Atomlararo masofa 
2-rasm. Vodorod molekulasi hosil bo‘lishida sistema energiyasining yadrolararo 
masofaga bog‘liqligi: I- energiya ortgan, II-energiya kamaygan holatning taxminiy ifodasi. 
Modda zarrachalarining harakat tezligi turlicha bo‘ladi, modda zarrachalari erishadigan 
eng katta tezlik yorug‘lik tezligi (s=3 00000 km/s) ga teng. 
Materiya mavjudligining ikkinchi formasi - fizik maydon bo‘lib (yorug‘lik maydoni, 
magnit maydoni, gravitatsion maydon) maydonni tashkil kiluvchi zarrachalar, fotonlar «tinch 
massa»ga ega emas. Fizik maydon materiyaning shunday formasiki, u modda zarrachalarini bir-
biri bilan bog‘lab turadi va bu zarrachalar orasida o‘zaro ta'sirni amalga oshiradi. 
Ma'lumki, modda bor joyda maydonning bo‘lishi mukarrardir. Moddalarning barcha 
xossalarini va ular haqidagi barcha qonuniyatlarni kimyo fani o‘rgansa maydonlarni fizika fani 
o‘rganadi. Modda bilan maydon bir-biriga o‘tishi mumkin. Masalan, elektron bilan pozitron 
o‘zaro qo‘shilib 2 ta kvant hosil qilishi, ma'lum sharoitlarda aksincha 2 ta kvant asosida elektron 
va pozitronning hosil bo‘lish kabi jarayonlarni misol qilish mumkin. Zamonaviy tasavvurlarga 
ko‘ra, modda materiyaning tinch holatidagi massasiga ega bo‘lgan ko‘rinishidir. Moddaning eng 
muhim zarrachalari jumlasiga «elementar zarrachalar», «atom zarrachalar», «molekulyar 
zarrachalar», shuningdek ularning «assotsillanish» va «agregatlanish mahsulotlari kiradi. 
Kimyoviy jarayon xossalari ma'lum bo‘lgan moddalardan xossalari aksariyat hollarda 
noma'lum bo‘lgan yangi moddalarni olish demakdir. Ikkala holda ham dastlabki va yangidan 
hosil bo‘lgan moddalarni to‘liq taxlil (identifikatsiya) qilish uchun ularni kimyoviy, hozirgi 
zamon fizik va fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida tekshirish talab qilinadi. Shuning uchun 


«Modda tuzilishi» kursi uzoq vaqtlar davomida fizikaviy kimyo kursining boshlang‘ich va eng 
asosiy qismlaridan biri bo‘lib hisoblanib kelgan. Ammo keyingi vaqtlarda fanda moddalarning 
tuzilishi va ularning xususiyatlariga doir ma'lumotlarning ko‘payganligi va moddalar tuzilishini 
o‘rganishning turli-tuman usullari yaratilganligi tufayli va bu ma'lumotlar kimyoning barcha 
sohalarida zarur bo‘lgani uchun «Modda tuzilishi» fani universitetlarda alohida fan sifatida 
o‘qitila boshlandi. 
Modda tuzilishi to‘g‘risidagi ta'limot hozirgi zamon tabiiy fanlaridan eng murakkabidir. 
Chunki bu ta'limot fizika, matematika, kristallografiya, fanlarining barcha yutuklaridan 
foydalanadi, shuningdek kimyo fanining kristallokimyo noorganik, organik, analitik va tabiiy 
birikmalar kimyosi sohalari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu fanni o‘rganuvchilar fizika va matematika 
fanlarining ko‘pgina maxsus sohalari, ya'ni xususiy hosilalar, operatorlar nazariyasi, vektorlar 
ustida amallar bajarishni bilishlari kerak. Har bir yangi fizikaviy yoki fizik-kimyoviy hodisa va 
har bir yaratilgan usul moddalarning tuzilishini o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu usullar: 
rentgenografiya, elektronografiya, mass-spektrometriya, optik spektroskopiya, neytronografiya, 
refraktometriya, elektron paramagnit rezonans, yadro magnit rezonans kabi usullar bo‘lib, bu 
usullar yordmida murakkab tuzilishga ega bo‘lgan moddalarning sturukturasi tadqiq qilinib, 
tarkibi, bog‘lar orasidagi burchak va bog‘lanish xususiyatlari haqida xulosa qilinadi. Chunki 
moddaning tuzilishi va tarkibini o‘rganish orqali uning xossasini o‘rganish mumkin. Shuning 
uchun ham har bir yangi kimyoviy modda sintez qilinganda uning tarkibi, tuzilish va xossasi 
aniq tavsiflanishi, shuningdek, ular orasidagi bog‘liqlik ilmiy jixatdan asoslanilishi lozim. 
Modda tuzilishi to‘g‘risidagi ta'limot kimyo fani bilan bir vaqtda maydonga kelgan. XIX 
asrda kimyo fanida asosiy e'tibor moddaning ichki tuzilishiga qaratilgan bo‘lsa, XX asr 
boshlaridan moddaning xossalarini uning tuzilishi bilan bog‘lab o‘rganish kimyogarlarning 
diqqat markazida bo‘lgan. Hozirgi vaqtda esa moddaning «tarkibi-tuzilishi» va «tuzilishi-
xossasi» orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. 
Kimyoviy sintezda moddalarni faqat sintetik usullar bilan olish yoki tabiiy materiallar 
tarkibidan ajratib olish bilangina cheklanib qolmasdan ularning tarkibi, tuzilishi va xossalari 
o‘rganiladi. Buning natijasida olingan ma'lumotlarni umumlashtirib, o‘zaro taqqoslash, 
moddalarning tarkib va tuzilishiga qarab ularning xossalarini oldindan aytib berish imkoni 
yaratiladi. 
Kimyo fanining o`rganish metodlarining kimyoviy xususiyatlarini o`rganish demakdir. 
Kimyoviy jarayon xossalari ma’lum bo`lgan moddalardan xossalari aksariyat hollarda noma’lum 
bo`lgan yangi moddalarni olish demakdir. Ikkala holda ham boshlang`ich va yangidan hosil 
bo`lgan moddalarni to`liq harakterlash (identifikatsiya) qilish uchun ularni kimyoviy va ayniqsa 
hozirgi zamon fizik –kimyoviy usullar yordamida tekshrish kerak bo`ladi. Ma’lumki kimyoda 
“tarkib – tuzilish va xossa” uchburchagining aniq bo`lishi hal qiluvchi rol o`ynaydi. 


Shuning uchun “Modda tuzilishi” kursi uzoq vaqtlar davomida fizikaviy kimyo kursining 
boshlang`ich va eng asosiy qismlaridan biri bo`lib xisoblanib keldi. Ammo keyingi paytlarda 
atomlar, molekulalar, kristall va polimer moddalarga tegishli ma’lumotlarning ko`payganligi va 
va modda tuzilishini o`rganoishning turli –tuman usullari yaratilganligi tufayli va bu 
ma’lumotlar kimyoning hamma sohalarida bab –barobar ishlatilayotganligi uchun “Modda 
tuzilishi” universitetlarda alohida fan sifatida o`qitila boshlanadi. 
Modda tuzilishi to`g`risidagi ta’limot hozirgi zamon tabiiy fanlaridan eng murakkabi 
deyilsa mubolag`a bo`lmasa kerak. Bu ta’limot amalda fizika fanining barcha yutuqlaridan va 
ulkan matematik apparatidan foydalaniladi. Har bir usul modda tuzilishini o`rganishda albatta 
“qurol” sifatida qo`llaniladi. 
Bu usullarni sanab o`tamiz: rentgenografiya, elektronografiya, masspektrometriya, optik 
spektroskoniya, neytronografiya, dielkometriya, refraktrometriya, electron paramagnet rezonans, 
yadro paramagnit rezonans va boshqalar. 
Modda tuzilishi to`g`risidagi ta’limot kimyo fani bilan bir vaqtda maydonga keldi. 
Olimlar moddalarni faqatgina ,bir biridan farq qilish yoki tabiiy materiallar tarkibidan ajratib 
olish bilangina cheklanib qolmasdan ularning tarkibi, tuzilishi va xossalarini aniqlash va 
o`rganishga doimo katta e’tibor berib kelganlar. Olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, o`zaro 
taqqoslash, moddalarning tarkibi va tuzilishiga qarab tug`dirdi. Ularning qo`llash sohalarini 
aniqlashda, ekologik muammolarni hal qilishda zararsizlashtirish usullarini ilmiy asosda tanlash 
imkoniyatini berdi. 
Moddalarning tuzilishi ularning tashqi muhit bilan ta’sirlanish harakterini belgilaydi va 
bunday bog`liqlikdan moddalarni tekshirishda foydalanamiz. Tashqi ta’sirga nisbatan indifferent 
(befarq) bo`lgan moddalarni tekshirish usullari doirasi birmuncha kichrayadi va masalaga ijobiy 
javob berish anchagina murakkablashadi. 
Modda tuzilishini o`rganish vaqtida biz uning diskretligidan kelib chiqamiz. Modda 
materiyaning ikki hil yasash, mavjud bo`lish shaklidan bittasidir. Materiyaning yashash
shaklining uchinchi maydondir. Modda tinchlik massasiga ega va u elektonlar, adronlar kabi 
mikrozarrachalardan iborat. Ko`p sonli mikrozarrachalardan turli ma’lum qonuniyatlar asosida 
moddalar, jismlar ya’ni makrosistemalar paydo bo`ladi. 
Maydonni tashkil qiluvchi zarrachalar masalan fotonlar tinchlik massasiga ega emaslar. 
Ular vakumda yorug`lik tezligi C=300000 km/c ga teng tezlik bilan harakat qiladilar. Modda bor 
joyda maydon bo`ladi. Moddalarni birinchi navbatda kimyo fani o`rgatsa, maydonlarni fizika 
fani o`rgatadi. Modda bilan maydon bir biriga o`tishi mumkin. Masalan elektron bilan o`zaro 
qo`shilib ikkita kvant xosil qiladi. Bu hodisa atom kasida “agnigilyatsiya” termini bilan ma’lum. 
Ma’lum sharoitlarda aksinch ikkita kvant asosida elektron va pozitron hosil bo`lishi mumkin; 
bu hodisaga juft hosil bo`lish deyiladi. 
Shunday qilib “Modda tuzilishi” kursning predmeti atrofimizdagi materiyani o`rganish 
ekan, maqsadi esa tayyorlanadigan mutaxassislarni moddalarning tuzilishi, ularning o`ziga xos 
tomonlari, ularni tekshirishning hozirgi zamondagi ilg`or fizikaviy va fizik –kimyoviy usullar 
bilan tanishtirish va qurollantirish moddalarni rangga ega bo`lish yoki bo`lmaslik, erib dispers 
sistemalar hosil qilish yoki qilmaslik, kimyoviy tuzilishi va kimyoviy hamda fizikaviy xossalar 
o`rtasidagi bog`lanishni aniqlab olingan natijalarni xalq xo`jaligida qo`llanishdan iborat. 

Download 363,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish