155-modda. Terrorizm
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi —
(155-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Vaziyatni beqarorlashtirish yoki davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatish yoxud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga to‘sqinlik qilish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yoxud hokimiyat vakilining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish —
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(155-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
(155-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o‘z vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan bo‘lsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunining 2, 28, 29-moddalari.
(155-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |