2786-modda. Zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish
Kompyuter tizimida saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz yo‘q qilib yuborish, to‘sib qo‘yish, modifikatsiyalashtirish, undan nusxa ko‘chirish yoki uni qo‘lga kiritish maqsadini ko‘zlab kompyuter dasturlarini yaratish yoki mavjud dasturlarga o‘zgartirishlar kiritish, xuddi shuningdek maxsus virus dasturlarini ishlab chiqish, ulardan qasddan foydalanish yoki ularni qasddan tarqatish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2786-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2786-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
(XX1 bob O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-137-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 532-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2787-modda. Telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
O‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish va xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2787-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalanib;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(2787-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |