IV bob. Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar
118-modda. Nomusga tegish
Nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish —
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ilgari ushbu Kodeksning 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) o‘ldirish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda;
b) yaqin qarindoshga nisbatan;
v) ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan;
g) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
d) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning nomusiga tegish —
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(118-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi.
119-modda. Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish
Zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish —
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoxud ilgari ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) o‘ldirish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) jabrlanuvchining o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda;
b) yaqin qarindoshiga nisbatan;
v) ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan;
g) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
d) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlar o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(119-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 29-oktabrdagi 13-sonli “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |