1. Milliy g’oyani keng jamoatchilik ongi va qalbiga singdirishning asosiy yo’nalishlari



Download 11,72 Kb.
Sana05.01.2021
Hajmi11,72 Kb.
#54936
Bog'liq
9 milliy g'oya


9- mavzu topshirig’i

1.Milliy g’oyani keng jamoatchilik ongi va qalbiga singdirishning asosiy yo’nalishlari

2. Mafkuraviy imunitetni tarbiyalash usullari va vositalari.

3. Milliy g’oya targ’ibotida axborot kommunikatsiya tizimi va innovatsion texnologiyalar.

4.Yoshlarning axborot madaniyati shakllanishida milliy g’oya targ’ibotining o’rni.

Javoblar.

1.Avvalambor, har bir jamiyat ma'lum bir g‘oya asosida rivojlanadi, ma‘lum bir g‘oya asosida mavjud bo‘ladi. Bu dunyo g‘oyalar dunyosidan iborat.G‘oyalar ko‘p.Vayronkor g‘oya, buzg‘unchi g‘oya ,Bunyodkor g‘oya va hokazolar.Milliy g‘oya esa millatning , jamhyatning o‘z nomi bilan aytganda milliy ,ya‘ni orzu istak va maqsadlari milliyligi aks etgan g‘oyasidir. Milliy g‘oya-xalqning ishonchi va e‘tiqodi.Milliy goya-o‘zlikni anglash va tarqqiyot omili.Targʻibot-tashviqotdan maqsad - bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Milliy g’oya – inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar, g’oyalar majmuidir. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g’oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o’lmas g’oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag’ishlab, ularni o’z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan . Milliy gʻoyani halq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va meʼyori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi.

Oʻzbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil yetishning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

1) belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan oʻtkazilishini taʼminlash;

2) Milliy gʻoyaning targʻibot sifatini muntazam oshirib borish;

3) davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil yetishning yangi, samarali yoʼlarini izlash;

4) bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yoʼl qoʻymaiga, andozalash-tirishga yoʼl qoʻyma tashkil yetishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;

5) mafkuraviy jarayonlarni tashkil yetishda uchraydigan rasmiyatchilik va majlisbozlik koʻrinishlariga barham berish;

6) mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.

2. Milliy ma’naviy immunitet millatning barqaror rivojlanishi uchun zarur bo’lgan intellektual salohiyatning mavjudlig, unga extiyojning ortib borishi va har qanday tashqi taxdidlarga qarshi tura oladigan, ulardan kuchli hamda ustun bo’lgan milliy ma’naviy imkoniyatdir. Boshqacha aytganda, milliy ma’naviy immunitet tashqi ta’sirga beriladigan javob, unga qarshi tura oladigan ma’naviy ruhiy kuch quvvatdir. Milliy ma’naviy immunitetni rivojlantirish va mustahkamlashda quyidagi omillarni shakllantirish hamda ulardan samarali foydalanish amaliy ahamiyatga ega bo’ladi.



Yuksak intellektual salohiyat milliy ma’naviy immunitetni shakllantirish va mustahkamlashning asosiy omili hisoblanadi. Uning yuksalishiga erishish orqali yoshlarning ma’naviy ehtiyojini milliy ma’naviy boyliklarimiz bilan qondirishimiz, ularni turli g’oyaviy xurujlardan himoya qilishimiz mumkin. Bu vazifani amalga oshirishda millatning aql-ziyo salohiyati o’zagini tashkil qiladigan ziyolilardan samarali foydalanish, ularni faollashtirish, buning uchun zarur chora-tadbirlarni ko’rish lozim bo’ladi.ko’rish lozim bo’ladi.

Milliy intellektual salohiyati yuksak bo’lgan millatgina mamlakatni taraqqiyotga olib boruvchi milliy g’oyalarni ishlab chikishi va ularni amaliyotga tatbiq qilishi mumkin. Jahon tajribasi shuni ko’rsataliki, intellektual salohiyati rivojlanmagan millat jaholatga mahkum bo’lib yashaydi. Demak, milliy intellektual salohiyatni oshirish, u haqida doimiy g’amxo’rlik qilish milliy ma’naviy immunitetni izchillik bilan mustaxkamlashning asosiy sharti hisoblanadi.



Milliy ma’naviy immunitetni shakllantirishning yana bir omili millatning manfaat va maqsadlarini o’zida ifoda etadigan milliy taraqqiyot g’oyasini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishdir. Milliy taraqqiyot g’oyasi real hayot talablaridan uzoq bo’lib, millatning orzu-intilishlarini aks ettirmasa, quruq nazariyadan iborat bo’lib qoladi, hech qachon moddiy kuchga aylanmaydi. Milliy rivojlanish g’oyasi milliy g’oyaning aynan o‘zi emas, balki millatni aniq maqsad sari intilishga, yuksak taraqqiyotga davat qiladigan, ularni hayotiy ehtiyojga aylantiradigan ilmiy-nazariy konsepsiyadir.

3. Ommaviy axborot vositalari va gʻoyaviy taʼsir koʻrsatish mexanizmlari (OAV). OAV - yeng asosiy, qudratli va taʼsirchan mafkura vositasidir. Ommaviy axborot vositalari - axborotni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi matbuot, radio, televidenie kabi vositalarga nisbatan ishlatuvchi tushuncha. Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayoti, fuqarolar faoliyatiga taʼsiri nihoyatda kuchliligidan ularga nisbatan «toʻrtinchi hokimiyat» atamasi ham qoʻllanadi.



Ommaviy axborot vositalari ommaning oʻziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning taʼsirchan quroli boʻlib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy gʻoya va demokratik tamoyillar targʻib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va soʻz yerkinligining oʻziga xos oʻlchovi, koʻrsatkichi boʻlib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni ragʻbatlantiradi va mustahkamlaydi.

OAVlarning taʼsir kuchi unda beriladigan materiallarning xarakteriga bogʻliq boʻladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, berilayotgan materiallarning tezkorligiga, tahliliylik darajasiga alohida yeʼtibor beriladi.

Ommaviy axborot vositalarida materiallar ayni paytda qanday auditoriyaga moʻljallangani bilan ham ajralib turadi hamda isteʼmolchining yoshi, jinsi, bilim darajasi, dunyoqarashi, milliy diniy mansubligi kabi omillarini hisobga olgan holda tuziladi.

4. Milliy tarbiya oiladan boshlanadi, mahalla va ta’lim tizimida davom ettiriladi. Yoshlarning milliy ongi rivojlantirish, o’zligini anglatishda, dunyoqarashi shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyosdiri. Vatan, xalq inson uchun eng oliy ne’mat, ulug’ ma’naviy boylik ekanini doimo his etib yashash yoshlar ma‘naviyatining eng asosiy negizidir.Lekin bugungi globallashuv jarayoni milliy tarbiyaga ham salbiy ta’sir o’tkaza boshladi. Bugun ma’naviy hayotimizga yot urf-odat va an’analar, axloqsizlik taxdid solmoqda. Albatta, biz o’zimiz uchun maqbul bo’lgan odat va an’analarni qabul qilishimiz mumkin. Ammo ularni ko’r-ko’rona qabul qilish jaholat alomatidir. Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz, avvalo yosh avlod ongiga singdirishda alohida oʻrin tutadi. Ular Maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar jarayoni, bu boradagi muammolarni, jamiyat hayotining turli qirralarini tezkorlik bilan aks yettiradigan yeng samarali vositadir. «Toʻrtinchi hokimiyat» hisoblangan OAVlari turli xil fikrlar, rang-barang qarash va yondashuvlarga keng yoʼl ochib berishi, hayotimizda yuz berayotgan yangilanish va oʻzgarishlarga odamlarning ongli munosabatini uygʻotishi, xolislik va haqqoniyat tamoyillariga tayanib faoliyat yuritishi lozim.



Bugungi kunda Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalarini haqiqiy «toʻrtinchi hokimiyat»ga aylantirish muammosi oʻta dolzarb boʻlib turmoqda. Ularni mustaqil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning toʻlaqonli boʻgʻiniga va jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi taʼsirchan vositaga aylantirish vazifasi shuni talab yetmoqda. Ommaviy axborot vositalarining yerkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan, jurnalistlarni tayyorlash masalasiga davlat darajasida yeʼtibor berilmoqda, jurnalist-kadrlarni oʻzimizda tayyorlash bilan qanoatlanmay, bu soha mutaxassislarining xorijda taʼlim olishlaridan mablagʻ ayalmayotir. OAV larida aytilayotgan turli fikrlar, u yerdagi yot g‘oyalar, yoshlar ongiga ta‘sir ko‘rsatayotgan bir paytda , yoshlar ongida milliy qadriyatlar va mentalitetimizga xos bolgan dunyoqarashni shakllantirish, ular ongiga esa milliy an‘analarga boy bo‘lgan telefilmlar , kinolad, pyesalar, komediyalarni ko‘rishga yo‘nlatirish ,ularda milliy o‘zlikni anglatish juda muhimdir.

304-guruh talabasi Sattorov Shohrux
Download 11,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish